Boshlash
TOSHKENT TAXI

Jamoasiga Qo‘shiling

Tez, oson va ishonchli ro‘yxatdan o‘tish orqali daromadingizni oshiring.

⭐ Ko‘plab haydovchilar allaqachon ariza topshirgan — siz ham qo‘shiling!

Yuqori daromad

Erkin grafik

24/7 Qo‘llab-quvvatlash

Faqat cheklangan miqdordagi haydovchilar qabul qilinmoqda!

Ma’lumotlaringiz xavfsiz himoyalangan.

Davom etishdan oldin, iltimos, Oferta Shartnomasi va Maxfiylik Siyosati bilan tanishing.

1-Qadam: Shartlarni tasdiqlash

Platformada ishlash uchun Oferta shartnomasi va Maxfiylik siyosatiga ro‘zi bo‘lishingiz shart.

📄 HAYDOVCHILAR UCHUN OMMAVIY OFFERTA (ELEKTRON SHARTNOMA)

📄 GO TOSHKENT TAXI 24/7

HAYDOVCHILAR UCHUN OMMAVIY OFFERTA

(elektron shartnoma)

2026 yil

1. UMUMIY QOIDALAR

Ushbu Ommaviy Offerta “RZV IT GROUP” mas’uliyati cheklangan jamiyati (keyingi o‘rinlarda — Kompaniya) tomonidan GO TOSHKENT TAXI 24/7 savdo belgisi ostida faoliyat yurituvchi mobil ilovadan foydalanish shartlarini belgilaydi.

Haydovchi mobil ilovada ro‘yxatdan o‘tishi, shaxsiy ma’lumotlarini kiritishi, hujjatlarni yuklashi va “Roziman” tugmasini bosishi orqali ushbu Offertani to‘liq va so‘zsiz qabul qilgan hisoblanadi.

Ushbu Offerta O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq tuzilgan.

2. ELEKTRON SHARTNOMA VA ROZILIK

Ushbu Offerta elektron shaklda tuzilgan bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi hamda “Elektron tijorat to‘g‘risida”gi qonun talablariga muvofiq yozma shartnoma bilan teng huquqiy kuchga ega.

Haydovchi tomonidan “Roziman” tugmasining bosilishi elektron imzo sifatida tan olinadi. Haydovchi keyinchalik Offerta shartlarini o‘qimaganligi yoki tushunmaganligini asos qilib, Kompaniyaga nisbatan da’vo bildira olmaydi.

Rozilik quyidagi ma’lumotlar orqali qayd etiladi: sana va vaqt belgisi, IP manzil, qurilma ma’lumotlari va GPS joylashuv.

3. HAYDOVCHINING MAJBURIYATLARI

Haydovchi quyidagilarga majbur: – faqat to‘g‘ri va haqqoniy ma’lumotlar kiritish; – O‘zbekiston Respublikasi Yo‘l harakati qoidalariga rioya qilish; – yo‘lovchilarga hurmat va xavfsiz xizmat ko‘rsatish; – avtomobilni texnik soz holatda saqlash.

4. YO‘LOVCHINING MOL-MULKI

Yo‘lovchining avtomobilda qolib ketgan barcha buyumlari uning xususiy mulki hisoblanadi. Ushbu buyumlarni o‘zlashtirish, yashirish yoki qaytarmaslik og‘ir qonunbuzarlik hisoblanadi.

📌 Ushbu holatlar uchun haydovchi to‘liq shaxsiy va qonuniy javobgarlikni o‘z zimmasiga oladi.

5. QOPOL MUOMALA VA ZO‘RAVONLIK

Yo‘lovchini haqorat qilish, tahdid qilish, ruhiy yoki jismoniy zo‘ravonlik qilish qat’iyan taqiqlanadi. Bunday holatlarda haydovchi akkaunti darhol va doimiy bloklanadi, zarur hollarda huquqni muhofaza qiluvchi organlarga murojaat qilinadi.

6. VIDEO, AUDIO VA GPS NAZORATI

Xavfsizlik va nizolarni hal qilish maqsadida avtomobilda video, audio va GPS nazorati olib borilishi mumkin. Haydovchi ushbu nazorat turlariga oldindan rozilik bildiradi.

7. KOMPANIYANING HUQUQIY MAQOMI

Kompaniya haydovchi va yo‘lovchi o‘rtasidagi munosabatlarda tashuvchi, ish beruvchi yoki vakil sifatida ishtirok etmaydi. Kompaniya faqat axborot-texnologik platforma hisoblanadi.

8. TO‘LIQ SHAXSIY JAVOBGARLIK

Yo‘lovchining hayoti, sog‘lig‘i, mol-mulki va sha’ni bilan bog‘liq barcha holatlar uchun javobgarlik faqat haydovchiga yuklanadi.

9. ZARARNI QOPLASH

Haydovchi o‘z harakatlari yoki harakatsizligi oqibatida Kompaniyaga yetkazilgan moddiy, moliyaviy yoki obro‘-e’tibor zararlarini to‘liq qoplash majburiyatini oladi.

10. AKKAUNTNI BLOKLASH

Kompaniya haydovchi akkauntini ogohlantirishsiz, sabablarni tushuntirmasdan, vaqtincha yoki doimiy bloklash huquqiga ega.

11. OFFERTANI O‘ZGARTIRISH

Kompaniya ushbu Offertani bir tomonlama o‘zgartirish huquqiga ega. Yangilangan tahrir ilovada e’lon qilingan kundan boshlab kuchga kiradi.

12. NIZOLARNI HAL QILISH

Barcha nizolar O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq Kompaniyaning yuridik manzili bo‘yicha ko‘rib chiqiladi.

13. KOMPANIYA MA’LUMOTLARI

Yuridik shaxs: “RZV IT GROUP” MCHJ Brend: GO TOSHKENT TAXI 24/7 STIR: 312 440 618

Yuridik manzil: Sirdaryo viloyati, Shirin shahri, Farxod MFY, Ziyokor ko‘chasi, 22/1-uy

🌐 https://gotoshkent.uz 📞 +998 93 880 03 63 / +998 98 880 03 63 📧 info@gotoshkent.uz

📌 Ilovadan foydalanish ushbu Offertaga rozilik hisoblanadi.


🔐 MAXFIYLIK SIYOSATI

🔐 GO TOSHKENT TAXI 24/7

MAXFIYLIK SIYOSATI

(2026 yil, elektron rozilik)

1. UMUMIY QOIDALAR

Ushbu Maxfiylik siyosati GO TOSHKENT TAXI 24/7 ilovasida haydovchilarning shaxsiy ma’lumotlarini yig‘ish, saqlash va himoyalash tartibini belgilaydi.

2. YIG‘ILADIGAN MA’LUMOTLAR

  • F.I.Sh; – telefon raqam; – pasport va haydovchilik guvohnomasi; – avtomobil ma’lumotlari; – GPS joylashuv; – ilova ichidagi faoliyat tarixi.

3. MA’LUMOTLARDAN FOYDALANISH

Ma’lumotlar buyurtmalarni taqsimlash, xavfsizlikni ta’minlash, hisob-kitoblar va qonuniy talablar uchun ishlatiladi.

4. ELEKTRON ROZILIK

Haydovchi ilovadan foydalanish orqali shaxsiy ma’lumotlarini qayta ishlashga elektron shaklda rozilik bildiradi.

5. MA’LUMOTLARNI HIMOYALASH

Kompaniya shaxsiy ma’lumotlarni himoyalash uchun zarur texnik va tashkiliy choralarni ko‘radi.

6. HAYDOVCHINING HUQUQLARI

Haydovchi o‘z shaxsiy ma’lumotlarini ko‘rish, o‘zgartirish yoki o‘chirishni talab qilish huquqiga ega.

7. KOMPANIYA MA’LUMOTLARI

“RZV IT GROUP” MCHJ Sirdaryo viloyati, Shirin shahri, Farxod MFY, Ziyokor ko‘chasi, 22/1-uy 📧 info@gotoshkent.uz

📌 Ilovadan foydalanish ushbu Maxfiylik siyosatiga rozilik hisoblanadi.

Haydovchi arizasi

2 / 3 Qadam

✅ Ma’lumotlar xavfsiz saqlanadi. Xato bo‘lsa, bemalol tuzatishingiz mumkin.

Shaxsiy ma’lumotlar

Masalan: Aliyev Valijon O‘g‘li (pasportdagi kabi).
Format: DD.MM.YYYY (masalan: 01.01.1998).
O‘zbekistonda: +998 XX XXX XX XX (jami 12 ta raqam).
Format: AA 1234567 (2 ta lotin harf + 7 ta raqam).

Avtomobil ma’lumotlari

Masalan: Cobalt, Nexia 3, Gentra.
Masalan: 01 A 123 AA yoki 01 123 AAA (lotin va KATTA harflarda).

Hujjatlarni yuklash

3 / 3 Qadam (Yakuniy)

Iltimos, arizani yakunlash uchun barcha hujjatlarni yuklang (Fayl yoki Kamera).

Zarur hujjatlar va rasmlar




Arizangiz qabul qilindi!

Ariza raqami:

Hujjatlaringiz muvaffaqiyatli yuborildi. Operatorlarimiz arizangizni ko‘rib chiqadi va tez orada siz bilan bog‘lanadi.

Keyingi qadamlar

  • ✅ Operatorlarimiz arizangizni ko‘rib chiqadi va 24 soat ichida bog‘lanadi.
  • 📞 Agar savolingiz bo‘lsa, qo‘ng‘iroq qiling yoki yozing.
  • 📲 Pastdagi tugmalar orqali ilovani yuklab oling va ishni boshlang.

Keyingi qadam: ilovani yuklab oling

Savollar bormi? +998 93 880 03 63
🔒 Ma’lumotlaringiz shifrlangan va faqat tekshiruv uchun ishlatiladi